PHD

Raqamli ta'lim nazariyasi va metodikasi

Mutaxassislik shifri: 13.00.06 – Raqamli ta'lim nazariyasi

Bosh sahifaO'quv faoliyatiKNRaqamli ta'lim nazariyasi va metodikasi

Mutaxassislik shifri: 13.00.06 – Raqamli ta'lim nazariyasi

Formulasi:

“Raqamli taʼlim nazariyasi va metodikasi (taʼlim sohalari va bosqichlari bo‘yicha)” raqamli taʼlim tizimi uchun axborot-uslubiy dasturiy taʼminotni yaratish va takomillashtirish, taʼlimni raqamlashtirishning strategiyasini loyihalashtirish, taʼlimda innovatsion texnologiyalarini yaratish va joriy etishning nazariy, uslubiy va amaliy asoslarini rivojlantirish metodlarini o‘rganadi.

Tadqiqot sohalari:

Taʼlim, masofaviy masofaviy taʼlim texnologiyalari va mediataʼlim, o‘quv jarayoni ishtirokchilarining axborot bilan ishlash va o‘zaro aloqasi texnologiyalari, shuningdek raqamli taʼlim sohasida pedagog kadrlarni (onlayn va oflayn) qayta tayyorlash va malakasini oshirish; innovatsiyalarga asoslangan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish jarayonini shakllantirish va rivojlantirish; axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishning nazariy-metodik va konseptual asoslarini takomillashtirish; maxsus va umumtaʼlim fanlari mazmunini, o‘quv va o‘quv jarayonini raqamlashtirish integratsiyasi; axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning nazariy va metodik asoslari; taʼlim muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish metodikasi; fanlar bo‘yicha o‘qitish va didktik jarayoning uslubiy-metodk taʼminotini yayaratish va takomillashtirish, internet resurslari, taʼlim portllari, raqamli dasturiy masulotlar yaratish nazariyasi va amaliyoti; aholining axborot madaniyatini rivojlantirish nazariyasi va metodikasi, veb-faoliyatni shakllantirish va rivojlantirish asoslari; zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, taʼlim va tarbiyaning raqamli shakllari, vositalari va texnologiyalaridan foydalanishning didaktik, ergonomik va gigiyenik muammolarining ilmiy yechimini ishlab chiqish; axborot texnologiyalari bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash samaradorligini baholash mezonlari va metodlarini yaratish; kiberxavfsizlik texnologiyalari pedagogik mazmunini takomillashtirish;

Fan sohasi: Pedagogika fanlari