DSC

Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta'limotlar tarixi

Mutaxassislik shifri:

Bosh sahifaO'quv faoliyatiDNPedagogika nazariyasi. Pedagogik ta'limotlar tarixi

Mutaxassislik shifri:

Formulasi:

"Pedagogika nazariyasi. Pedagogik taʼlimotlar tarixi" ixtisosligining mazmuni pedagogik fikrlar tarixi, metodologiyasi, pedagogika nazariyasi, pedagogik taʼlimotlar taraqqiyoti, pedagogik antropologiya, etnopedagogika, qiyosiy pedagogika, hamkorlik pedagogikasi, raqamli-pedagogik transofrmatsiya, pedagogik prognozlash, pedagogik monitoring, pedagogik diagnostika, androgogika va pedagogik modellashtirish muammolarini o‘rganadi.

Tadqiqot sohalari:

O‘zbekistonda normativ-huquqiy hujjatlarga asoslangan pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi, pedagogika fanini rivojlantirishning ilmiy asoslari, pedagogik tadqiqot usullari, pedagogik tadqiqotlarda fanlararo aloqalarning o‘ziga xos xususiyatlari, pedagogika fani va o‘quv amaliyoti o‘rtasidagi aloqadorlikning dialektik tabiati, keng ko‘lamli jamoaviy tadqiqotlarning uslubiy asoslanishi, pedagogik tadqiqotlarning sifati; pedagogik taʼlimotlar va o‘quv amaliyotining rivojlanish tarixi, o‘quv amaliyotining tarixiy rivojlanish tendensiyalari, ilmiy-pedagogik g‘oyalar, tushunchalar, nazariyalarni shakllantirish va rivojlantirish, umumjaxhon pedagogik merosi, etnopedagogika tarixi; pedagogik lug‘at va terminologiyani rivojlantirish; pedagogik antropologiya, taʼlim orqali har tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiyalash, o‘qitish va shaxsiy-kasbiy faollashtirish tushunchalari, taʼlim, tarbiya, taʼlim jarayonida ijodkorlikni, pedagogik tizimlar sharoitlarning shaxs rivojlanishiga taʼsiri; taʼlim nazariyalari va tushunchalari taʼlim taraqqiyotining turli bosqichlarini o‘rganish qonuniyatlari, tamoyillari, taʼlimni individuallashtirish va tabaqalashtirish, taʼlim turlari va modellari, ularni qo‘llash imokniyatlari, taʼlim texnologiyalari, o‘quv jarayoni va o‘quv vositalarini o‘quv-uslubiy taʼminotini rivojlantirish, taʼlimiy maqsadlarning o‘ziga xos xususiyatlari; Sharq mutafakkirlarining pedagogik reallikning rivojlanishidagi roli va hissasi, institutsionalizatsiya qilingan va institutsionalizatsiya qilinmagan taʼlim amaliyotining tarixiy rivojlanishi, jamiyat maʼnaviy hayotining turli sohalarida ijtimoiy va nazariy ong darajasidagi pedagogik fikr; Taʼlimiy jarayon tushunchalari, taʼlim dinamikasining ijtimoiy-madaniy shartliligi, taʼlimning didaktik taʼsiri, taʼlim subyektlari integratsiyalashuvi tushunchalari, taʼlim sifati va uni baholash texnologiyalari, taʼlim muhitini yaratish va rivojlantirish texnologiyalari, uzluksiz taʼlim, innovatsion taʼlimdagi jarayonlar, masofaviy va media taʼlim nazariyasi va amaliyoti; amaliy pedagogika, ilg‘or pedagogik tajribani umumlashtirish, taʼlimdagi innovatsion harakat, taʼlim muassasalarining eksperimental faoliyati, pedagogning kasbiy-pedagogik faoliyatidagi tizimli o‘zgarishlar, shu jumladan uning mohiyati, tuzilishi, funksiyalari, jamoat tashkilotlarining taʼlim sohasidagi faoliyati; qiyosiy pedagogika, dunyoning turli mamlakatlari va mintaqalarida pedagogik nazariya va amaliyot, taʼlim nazariyasi va amaliyoti uyg‘unligining rivojlanish qonuniyatlari va tendensiyalari taʼlim rivojlanishidagi umumiy tendensiyalarning nisbati, taʼlmda milliy va mintaqaviy xususiyatlar, milliy taʼlim tizimlarini o‘zaro boyitish imkoniyatlari, asoslanishi va usullari xorijiy tajribadan foydalanish, taʼlim sohasidagi ilg‘or tajribalarni aniqlash; taʼlimning pedagogik jihatlarini fanlararo tadqiq qilish, bilimlarning turli ilmiy sohalarini optimallashtirish asosida taʼlimni rivojlantirishning turli yo‘nalishlarini tadqiq qilish, ijtimoiy jarayonlarning pedagogik tarkibiy qismini aktuallashtirish; pedagogik prognozlash, pedagogika va taʼlim tamoyillari, ularning mamlakatimizda va xorijdagi evolyutsiyasi asosida taʼrifi; pedagogik dizayn, dizayn nazariyasi, pedagogika va taʼlim tamoyillari, ularning respublikamiz va xorijdagi evolyutsiyasi asosida taʼrifi; kattalar taʼlimi pedagogikasi, androgogika;

Fan sohasi: Pedagogika fanlari