Pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 26 sentyabrdagi “Oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 278-son qarori asosida tashkil etilgan. Markazning maqsadi – pedagogika ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek umumta’lim fanlari, pedagogika va psixologiya ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha Sirdaryo viloyati, Toshkent viloyati va Toshkent shahri professional ta’lim muassasalarining pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishdan iborat.
Fakultet jamoasi

To'rayev Abbos Bo'riyevich
Qayta tayyorlash va MO jarayonini tashkil etish va sifatini o‘rganish bo‘limi boshlig’i

Xo‘jaboev Jahongir Jonibekovich
Qayta tayyorlash va MO ta’lim dasturlari va ilg‘or tajribani joriy etish bo‘limi boshlig’i

Muslimov Narzulla Alixanovich
Pedagogik kadrlar MO tarmoq markazi direktori
