
10 nafar talaba-qizga amaliy kömak körsatildi.
Xususan:
🔹 8 dona zamonaviy noutbuk
🔹 1 dona printer
🔹 Moliyaviy qiyinçilikka duç kelgan talaba-qizlarni qöllab-quvvatlaş maqsadida 1 dona kir yuviş maşinasi taqdim etildi
Mazkur yordam talaba-qizlarimizning ta’lim jarayonini samarali taşkil etişi, ilmiy salohiyatini oşirişi hamda ijtimoiy şaroitlarini yaxşilaşga xizmat qiladi.
Eslatib ötamiz, uşbu fond orqali ötgan öquv yili davomida özlaştiriş körsatkiçi yuqori bölgan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj 70 nafardan ortiq talaba-qizlarning kontrakt tölovlari qoplab berilgan edi.
Universitet rahbariyati tomonidan “Ona" jamoat fondiga xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş borasida körsatgan beğaraz va samimiy yordami uçun çuqur minnatdorçilik bildiriladi.
