Rasmiy yangiliklar11-fevral, 2026

Ona va bola uçun yaratilgan qulaylik — ta’lim muhitida mehr va e’tibor ifodasi

Boş sahifaYangiliklarOna va bola uçun yaratilgan qulaylik — ta’lim muhitida mehr va e’tibor ifodasi
Ona va bola uçun yaratilgan qulaylik — ta’lim muhitida mehr va e’tibor ifodasi

Ona va bola uçun yaratilgan qulaylik — ta’lim muhitida mehr va e’tibor ifodasi

Universitetda ta’lim oliş va mehnat faoliyatini olib boriş bilan birga farzand tarbiyasiga ham vaqt ajratiş — katta mas’uliyat. Ayniqsa, yoş onalar uçun öqiş yoki iş jarayonida farzandiga zarur şaroit yaratiş muhim ahamiyatga ega. Şu ehtiyojni inobatga olgan holda, Nizomiy nomidagi Özbekiston milliy pedagogika universiteti Maktabgaça va boşlanğiç ta’lim fakultetida “Ona va bola xonasi” taşkil etilgan.

Mazkur xona universitet talabalari hamda xodimlarining farzandlari uçun möljallangan bölib, bolalarning vaqtini qulay va osoyişta muhitda ötkazişi uçun şaroit yaratadi. Bu maskan, ayniqsa, farzandi bilan universitetga keladigan onalar uçun muhim kömak bölib, ularga ta’lim oliş va kasbiy faoliyatini davom ettiriş jarayonida qöşimça qulaylikdir.

“Ona va bola xonasi” nafaqat amaliy ehtiyojga xizmat qiladigan joy, balki universitetda inson qadri, oilaviy mas’uliyat va ijtimoiy qöllab-quvvatlaş tamoyillariga e’tibor qaratilayotganining ham ifodasidir. Bunday şaroitlar yoş onalarning ta’lim va mehnat faoliyatida faol iştirok etişi, öz imkoniyatlarini röyobga çiqarişi uçun muhim ahamiyat kasb etadi.

Universitetda yaratilayotgan bunday imkoniyatlar ta’lim muhitini yanada qulay,  inson manfaatlariga yönaltirilgan maskanga aylantirişga xizmat qiladi.