
Universitetimiz yutuqlari xalqaro miqyosda e’tirof etilmoqda!
Nizomiy nomidagi Özbekiston milliy pedagogika universiteti bugungi kunda nafaqat ilmiy salohiyati, balki xalqaro maydondagi nufuzi bilan ham yuksak natijalarni qölga kiritmoqda.
Eng quvonarlisi, universitetimiz Times Higher Education Sustainability Impact Ranking reytingida 801–1000-örinlar guruhidan 401–600-örinlar guruhiga kötarildi. Bu esa universitetimizning barqaror rivojlaniş maqsadlariga qöşayotgan hissasi xalqaro hamjamiyat tomonidan e’tirof etilayotganining yorqin dalilidir.
Oliygohimiz mazkur reytingning Gender tengligi yönalişida 20-örin, Toza energiya yönalişida 69-örin hamda Sifatli ta’lim yönalişida 301–400-örinlar guruhidan joy oldi.
Bundan taşqari, Buyuk Britaniyaning dunyodagi eng nufuzli universitetlaridan biri — UCL bilan hamkorlikda Tabiiy fanlar fakulteti dasturlari yangilanmoqda.
Şuningdek, Britaniya Kengaşi bilan hamkorlikda Filologiya hamda Boşlanğiç ta’lim fakultetlari uçun zamonaviy va xalqaro standartlarga mos öquv dasturlari işlab çiqildi.
Bu yutuqlar universitet jamoasi, professor-öqituvçilar, talabalar va hamkorlarimizning birgalikdagi sa’y-harakatlari natijasidir.
