
Nizomiy Ganjaviy nomidagi Özbekiston milliy pedagogika universitetida “Korrupsiyaga qarşi kuraşiş oyligi” doirasida “Korrupsiyasiz kelajak — bizning tanlovimiz!” mavzusida davra suhbati taşkil etildi.
Tadbirda Oliy Majlis Qonunçilik palatasining Korrupsiyaga qarşi kuraşiş va sud-huquq masalalari qömitasi a’zosi, Içki işlar vazirligining Korrupsion jinoyatlarga qarşi kuraşiş boşqarmasi xodimi, Yoşlar bilan işlaş va ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça birinçi prorektor, Korrupsiyaga qarşi kuraşiş “Komplayens-nazorat” tizimini boşqariş bölimi boşliği, fakultet dekani hamda professor-öqituvçilar va talaba-yoşlar iştirok etdi.
Davra suhbatida korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, uning huquqiy oqibatlari, korrupsiyaviy holatlarning oldini oliş hamda yoşlar örtasida halollik, adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini mustahkamlaş masalalari muhokama qilindi.
Tadbir davomida korrupsiyaning salbiy oqibatlarini aks ettiruvçi, yoşlarni halollik va adolat sari çorlovçi videorolik namoyiş etildi.
Tadbir yakunida talaba-yoşlar özlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob oldilar hamda korrupsiyaning oldini oliş yuzasidan fikr almaşdilar.
Zero, korrupsiyasiz jamiyatni barpo etiş har birimizning halol tanlovimizdan boşlanadi!
