PHD

Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi

Mutaxassislik shifri: 13.00.02 – Ta'lim va tarbiya nazariyasi

Bosh sahifaO'quv faoliyatiKNTa'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi

Mutaxassislik shifri: 13.00.02 – Ta'lim va tarbiya nazariyasi

Formulasi:

"Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar bo‘yicha)" taʼlim nazariyasi va metodologiyasining shakllanishi, rivojlanishi va istiqbollarini, o‘qitish metodikasi va texnologiyasini, taʼlim va tarbiya qonuniyatlarini, ularning prinsiplari, shakl va usullarning mazmunini belgilaydi, sanoat va taʼlim darajasiga muvofiq maqsadlar, tarkib va o‘qitish uchun meʼyoriy talablar, milliy g‘oya va xalqaro taʼlim amaliyoti, taʼlim va o‘qitishda uzluksizlik, xalq pedagogikasi, akmeologiya, aksiologiya va antropologiya, metodologiya va amaliyot nazariyasining o‘zaro taʼsiri va uyg‘unligini, madaniyat va ishlab chiqarish integratsiyasini, raqamli texnologiyalar asosida transformatsiyalash trayektoriyalarini aniqlaydi.

Tadqiqot sohalari:

"Taʼlim to‘g‘risida"gi qonun, prezident Sh.M.Mirziyoyevning asarlari va maʼruzalari asosida bilim sohalari va taʼlim darajalari bo‘yicha o‘qitish va tarbiyalashning metodologik asoslari, sohaga oid huquqiy-meʼyoriy hujjatlar, taʼlim va tarbiyaning umumiy va xususiy qonuniyatlari; Bilim sohalari va taʼlim darajalari bo‘yicha taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodologiyasini rivojlantirish va takomillashtirish, kreativ salohiyat, taʼlim va tarbiyada konstruktivlik va adaptatsiya, nazariya va amaliyotining o‘zaro integrativ uyg‘unligi, fanni o‘qitish nazariyasining konseptual asoslari, metodik tizimlar rivojlanish strategiyasini belgilash, ilg‘or xorijiy tajribalarni tahlil qilish va ulardan o‘quv-ilmiy jarayon samaradorligini oshirishda foydalanish; Yangi pedagogik texnologiyalarni yaratish va ulardan foydalanishning nazariy asoslari, raqamli texnologiyalar, o‘qitish va o‘z-o‘zini rivojlantirish vositalari, shakllari va texnologiyalari, kompyuter, mediataʼlim, sinov, diagnostika tizimlaridan foydalanish nazariyasi va metodikasi, shu jumladan elektron o‘quv vositalari, jarayonlarni raqamlashtirish, pedagogik taʼlimning “virtual” infratuzilmasini ilmiy-uslubiy qo‘llab-quvvatlash, o‘qituvchining konstruktiv kompetensiyasi muammolari, o‘zaro bog‘liqlik, boshlang‘ich, umumiy va professional taʼlim tarkibida o‘quv fanlarining uzluksizligi, izchilligi va o‘zaro integratsiyasi; Sinfdan tashqari, maktabdan tashqari o‘quv va tarbiyaviy ishlar va ularni uyg‘unlashtirish, oliy taʼlimdan keyingi taʼlim nazariyasi va metodikasi, fan bo‘yicha qo‘shimcha taʼlim nazariyasi va metodikasi, andragogika, qayta tayyorlash, malaka oshirish, fan olimpiadalari, trening, forsayt, kouching tanlovlar, jamoat tashabbuslarini tashkil etish metodologiyasi, umumiy va qo‘shimcha taʼlimning o‘zaro taʼsirining variativ shakllarini yaratish;

Fan sohasi: Pedagogika fanlari