Mutaxassislik shifri: 19.00.01 – Psixologiya tarixi. Umumiy psixologiya
Formulasi:
“Psixologiya tarixi va nazariyasi. Umumiy psixologiya. Shaxs psixologiyasi” shaxs psixikasi, uning qonuniyatlari, inson ongi, obyekt va subyekt orasidagi munosabatlarni farqlash mexanizmlari, o‘zini anglash, shaxs psixik tuzilishi, faoliyatining asosiy turlari va psixikani ong hamda faoliyatda rivojlanish tamoyillari, kognitiv jarayonlarning psixofiziologik asoslari, bilish jarayonlarini taraqqiyot qornuniyatlari haqidagi nazariy-konseptual bilimlarni o‘zida mujassamlashtiradi. Ushbu dastur psixologiyani yirik yo‘nalishlari, psixik taraqqiyotning umumiy tamoyil va qonuniyatlarini, borliqni anglash mexanizmini, psixik bilimlar taraqqiyotini, shaxsning inidividual-tipologik xususiyatlarini tadqiq etish orqali kognitiv taraqqiyot qonuniyatlari, shaxs differensial rivojlanish mexanizmlarini qo‘llab-quvvatlashdagi ilmiy-fundamental muammolarda qo‘llaniladi. Shuningdek, psixologik nazariyalar, tushunchalar, qarashlarning tarixiy, nazariy va metodologik tahlili; tadqiqotlar, amaliy metodologiyani ishlab chiqishda, psixologik tadqiqotlar tizimini tashkil etishda foydalaniladi.
Tadqiqot sohalari:
Umumiy psixologiya va tarixiy-psixologik tadqiqotlar asoslarini ishlab chiqish, tahlil qilish;
filogenizda psixik jarayonlarning rivojlanish qonuniyatlari;
zoopsixologiya;
psixika va xulq-atvorining xususiyatlari;
antropogenezda inson ongi va faoliyatining rivojlanishi;
aqliy jarayonlar va ongning tarixiy rivojlanishi;
psixofizik muammo va psixofizik yo‘nalishlarni o‘rganish;
ong va kognitiv jarayonlar: fikrlash, tasavvur, kognitiv muammolarni hal qilish;
tafakkurning emotsional-semantik jihatlari;
murakkab tizimlarda amaliy fikrlash qobiliyati;
intellekt va uning diagnostikasi;
sezgi va idrok;
idrok tasvirlarini shakllantirish: makon, vaqt va harakatni idrok etish;
idrokning motivatsion va semantik jihatlari;
tasavvurlar va uning rivojlanishi;
diqqat va xotira;
verbal muloqotning psixologik muammolar psixolingvistika, psixosemantika, psixosemiotika;
emotsional jarayonlar va holatlar;
kognitiv jarayonlar va faoliyatni emotsional boshqarish;
emotsional holatlarni diagnostika qilish;
his-tuyg‘ular psixologiyasi;
irodaviy jarayonlar;
iroda tuzilishi; motivatsiya, uning mexanizmlari, shakllanishi;
ehtiyojlar, motivlar, shaxsiy qadriyatlar va qiymat yo‘nalishlari, qiziqishlar, intilishlar;
ehtiyojlar va motivlarning tasnifi va diagnostikasi;
motivatsiyaning faoliyat va kognitiv jarayonlarga taʼsiri;
muvaffaqiyatga intilish motivatsiyasi;
ong, dunyoqarash, refleksiv jarayonlar;
ongsiz, psixologik himoya mexanizmlari;
psixomotor jarayonlar: operatsiyalar va ularni egallash; ko‘nikmalarni shakllantirish va ularniuzatish;
faoliyat, uning tuzilishi, dinamikasi va tartibga solinishi: faoliyat psixologiyasi; harakatlar; maqsadlar va kelishuvlar; faoliyat tuzilmasidagi vazifalar; qobiliyatlar;
isteʼdod va ularning tabiati; ijodkorlik, uning psixologik mexanizmlari; badiiy, ilmiy va texnik ijodkorlik; ijodiy shaxs;
psixogenetika va individual farqlar psixologiyasi;
kognitiv jarayonlar va shaxsiyatdagi gender farqlari;
temperament va xarakter; xulq-atvorning barqarorligi va vaziyatga bog‘liqligi; shaxsiy xususiyatlar va ularning diagnostikasi; psixometriya;
individual faoliyat uslubi;
individual, shaxsiyat, individuallik;
o‘zini anglash va o‘zini o‘zi qadrlash; munosabatlar psixologiyasi;
psixologik tushunchalarning ijtimoiy konstruksiyasi;
ilmiy kashfiyotlar psixologiyasi;
ijtimoiy-madaniy va tarixiy kontekstning psixologik qarashlarning rivojlanishiga taʼsiri;
dastlabki psixologik qarashlarning tahlili, rus va xorijiy psixologiya tarixi;
psixologiya tarixi;
kognitiv jarayonlarda axborotni qayta ishlashning psixologik jarayonlari;
axborot texnologiyalari va uning inson ongi, shaxsga taʼsiri;
sunʼiy intellektning psixologik tuzilmasi;
psixologiya fan nazariyasi va metodologiyasi.
Fan sohasi: Psixologiya fanlari