International CooperationSeptember 10, 2026

3+1 dasturi: Talabalarimiz xorijiy oliygohda o'qishni boshladi

MainNews3+1 dasturi: Talabalarimiz xorijiy oliygohda o'qishni boshladi
3+1 dasturi: Talabalarimiz xorijiy oliygohda o'qishni boshladi

3+1 dasturi: Talabalarimiz xorijiy oliygohda o'qishni boshladi

Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Innovatsion pedagogika qo‘shma ta’lim oliy maktabining “Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili” yo‘nalishi talabalari 3+1 dasturi doirasida A.E. Buketov nomidagi Qarag‘anda universitetida tahsil olishni boshladi.
 
Talabalar universitetda kutib olinib, o‘quv binolari va talabalar turar joyi bilan tanishtirildi. Universitet rahbariyati bilan uchrashuvda o‘quv jarayonining tashkil etilishi, mashg‘ulotlar va ichki tartib-qoidalar yuzasidan zarur ma’lumotlar berildi.
 
Mazkur dastur talabalarga xorijiy ta’lim muhitida tajriba orttirish, yangi bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda ikki universitet diplomini olish imkonini beradi.
 
Talabalarga Qozog‘istondagi ta’lim jarayonida muvaffaqiyat tilaymiz!

All news
Share