MainAnnouncementsOʻzMPUda 2026/2027-oʻquv yili uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlanmoqda

OʻzMPUda 2026/2027-oʻquv yili uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlanmoqda

July 7, 2026Toshkent sh., Chilonzor tumani, Bunyodkor ko'chasi, 27-uy, 100185
Hurmatli abituriyentlar! Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universitetiga 2026/2027-oʻquv yili uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlarni oʻtkazish jadvali hamda manzillari tasdiqlandi. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar 2026-yil 10–15-iyul kunlari belgilangan jadval asosida oʻtkaziladi. Imtihonlarning oʻtkazilish vaqti, yoʻnalishlar kesimidagi jadval hamda boshqa muhim maʼlumotlar bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin: havola (https://docs.google.com/document/d/1Ja_Qk-vywI3piYIe4TyknOdnnUXPxz_fxVvkBZ1l9js/edit?usp=sharing) (ustiga bosing). Quyida kasbiy (ijodiy) imtihonlar oʻtkaziladigan manzillar keltirilgan. 🔹Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi (Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor koʻchasi 27-uy (https://goo.gl/maps/MxdCaHR2UbFJDUML8)) 🔹Dizayn: interyer dizayni (Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor koʻchasi 27-uy (https://goo.gl/maps/MxdCaHR2UbFJDUML8)) 🔹Musiqa ta’limi (Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor koʻchasi 27-uy (https://goo.gl/maps/MxdCaHR2UbFJDUML8)) 🔹Maxsus pedagogika: surdotarjimonlik faoliyati (Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor koʻchasi 27-uy (https://goo.gl/maps/MxdCaHR2UbFJDUML8)) 🔹Jismoniy madaniyat (Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Lashkarlar koʻchasi, Mudofaa vazirligi sport majmuasi (https://goo.gl/maps/dodUf3Np35Q46vwH7)) 🔹Chaqiriqqacha harbiy ta’lim (Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Lashkarlar koʻchasi, Mudofaa vazirligi sport majmuasi (https://goo.gl/maps/dodUf3Np35Q46vwH7)) ☎️ Batafsil ma'lumot uchun telefon raqami: +998-71-202-44-21 ❗️Eslatib o'tamiz, abituriyentlar imtihon boshlanishidan kamida 1 soat avval shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) hamda abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan hududga yetib kelishlari lozim. Ruxsatnoma https://my.uzbmb.uz/ platformasidagi shaxsiy kabinetdan yuklab olinadi.